5 Fevral 2020 yil 1646

400 AQSh dollariga giyohvandlik vositasini o'tkazishga uringan shaxs qo'lga olindi

DXX G'ijduvon tuman bo'limi, viloyat Bojxona boshqarmasi va G'ijduvon tuman IIO FMB xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, G'ijduvon tumanida joylashgan "Dilorom" choyxonasi oldida Shofirkon tumanida yashovchi, 1978 yilda tug'ilgan fuqaro M.T nazorat tariqasida giyohvandlik vositalarini sotib olish uchun yuborilgan fuqaro K.U.ga gugurt qutilariga joylashtirilgan, sof vazni 6,56 gr.ga teng bo'lgan "marixuanna" giyohvandlik vositasini 400 AQSh dollari evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, shaxsga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech