25 Iyun 2022 yil 51

Buxoro: Davlat rahbarining Konstitutsiyaviy komissiyaga yo‘llagan nutqi va takliflari shaxsiy tarkibga yetkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va bunda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchrashuvida so‘zlagan nutqi va uning mazmun-mohiyati bugun, 25-iyun kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan “Oliy qadriyatlar vatanga muhabbatdan boshlanadi” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi maʼrifat darsida shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Tadbir videoselektor shaklida bo‘lib, Ichki ishlar boshqarmasi va shahar tuman ichki ishlar organlarining barcha bo‘g‘in rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon va tobora rivojlanayotgan yangi O‘zbekistonning bosh qomusi, ushbu o‘zgarishlarga mos bo‘lishini ilgari surilgani ayni o‘rinli bo‘lgani taʼkidlandi.

Bu esa kelajakda xalqimiz farovonligi yo‘lida huquqiy mustahkam va inson qadri ulug‘langan ijtimoiy davlat bo‘lishiga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi borasida so‘z yuritib, davlat rahbarining nutqi va takliflarini shaxsiy tarkib eʼtiboriga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, tadbirda qatnashgan Buxoro davlat universiteti katta o‘qituvchisi Izzatullo Shoyev ham mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini va bu jarayonlarning siyosiy va mintaqadagi o‘rni, yangi O‘zbekistonning kelajagiga bo‘lgan taʼsiri haqida o‘rinli fikrlarini xodimlarga tushuntirib berdi.

Yig‘ilish davomida qo‘shimcha mulohazalar eshitilib, bu yo‘nalishda tizim tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa chora-tadbirlar belgilanishi bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech