24 Yanvar 2023 yil 371

Buxoro shahar: Qaror mohiyati o‘rganildi

Buxoro shahar IIO FMBda shaxsiy tarkib ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish maqsadida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Bunda, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i padpolkovnik Umid Utayev boshchiligidagi masʼullar tomonidan mazkur qarorning mohiyati, yaʼni Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot va tushuntirishlar berilib, qaror sharhi yuzasidan tayyorlangan videolavha shaxsiy tarkibga namoyish etildi.

Text to speech