22 Yanvar 2023 yil 203

Buxoro shahri: Tilla buyumlarni o‘margan o‘g‘ri ushlandi

Nomaʼlum shaxs, 2021 yil 14 iyun kunidan 15 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:50 da, Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.M. ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan har birining bahosi 2.000.000 so‘mlik ikki dona va bahosi 1.000.000 so‘mlik bir dona ayollar tilla uzugini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan R.X. sodir qilganligi fosh etildi.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi boshqa fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech