28 Iyul 2022 yil 405

Buxoro viloyat 3-sektor rahbari Shofirkon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida bugun, 28 iyul kuni Shofirkon tumani “Mingchinor” mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, ushbu mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan 10 dan ortiq fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Aholi bilan muloqotda bildirilgan taklif va mulohazalar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilashga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joyiga chiqib o‘rganilib, mahalallarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, asosan “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga kirgan, shuningdek ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan yangi korxonalar faoliyati va ularning imkoniyatlari birma-bir o‘rganildi.

Boshqarma boshlig‘i tegishli mutasaddilar bilan birgalikda mahallada ish boshlagan tikuv sexi hamda endi foydalanishga topshirilishi kutilayotgan moy ishlab chiqarish zavodi faoliyatini yaqindan o‘rganish jarayonida, o‘zining bir qator tavsiya hamda takliflarini bildirdi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan mahalla faollari mahallada amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari uchun mutasaddilarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirib, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi isbotini o‘z hayotlarida his etganliklarini mamnunlik bilan taʼkidladilar.

Text to speech