9 Iyul 2022 yil 264

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning Qurbon hayiti munosabati bilan shaxsiy tarkib va soha faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigi

Qadrli hamkasblar va aziz faxriylar!

Avvalambor, ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat olib borayotgan barcha xodimlarni, aziz faxriylarimizni hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolarini ezgulik va saxovat, mehr-oqibat, milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimiz ifodasi bo‘lgan ayyom-Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.

Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga har tomonlama eʼtibor qaratilmoqda.

Tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, ko‘hna masjid va madrasalarni obod qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho maʼnaviy-maʼrifiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar xalqimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan eʼtirof etilayotgani barchamizga yaxshi maʼlum.

Tabarruk dinimiz va o‘lmas qadriyatlarimiz, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot anʼanalari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos maʼnaviy kuch bo‘lib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, Sizlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, xizmat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, uzoq umr, sihat-salomatlik, dasturxoningizga fayzu baraka tilayman.

Jonajon Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!

Text to speech