19 Sentyabr 2021 yil 152

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida oʻtkazilgan navbatdagi maʼrifat darsi “Boshqaruv psixolgiyasi” mavzusida boʻldi.

Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani singari ichki ishlar organlari tizimida ham izchil islohotlar olib borilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 26 mart kuni “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinganligi ham yuqorida bildirilgan fikrlarimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur farmonda psixologiya sohasiga alohida to‘xtalib, ichki ishlar organlari tizimida psixolog xodimlarning nufuzini yana-da oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar zaxirasini yaratish, ularni o‘qitish, tarbiyalash va malakasini oshirish kabi bir qator vazifalar xususida so‘z yuritilgan.

Shu munosabat bilan joriy yil 18 sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan “Maʼnaviyat va maʼrifat o‘quv mashg‘uloti”ning navbatdagi mavzusi aynan “Boshqaruv psixologiyasi”ga bag‘ishlanib, xodimlarga mavzu yuzasidan amaliyotchi psixolog Aziza Mirzayeva tushuntirishlar berdi. Seminar tarzida o‘tgan tadbir jarayonida xodimlarning xizmatda uchrayotgan ayrim qiyinchiliklar, oiladagi muammolar, boshqaruvchanlik qobiliyatlari hamda axborotni yetkazish bo‘yicha turli trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu esa o‘z navbatida, xodimlarning turli vaziyatlarda asab zo‘riqishini bartaraf etish, tinchlanish, mehnat qobiliyatini tiklashga yordam bersa, boshqasida – safarbarlikka, xizmat sharoitlariga eng mos keladigan ruhiy holatga kirishga yordam beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech