25 Iyul 2022 yil 364

Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining 6 oylik ish natijalari sarhisob qilindi

Joriy yilning 25-iyul kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va boshqarma apparati ofitser xodimlari, hududiy ichki ishlar organlarining boshliqlari hamda barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar:

• viloyat hududida joriy yilning 6 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabab va omillari, kelgusida "mahallabay" tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar;

• shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish borasida joylarda barcha toifadagi rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman (shahar) larga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarning yarim yillik ish natijalari birma-bir ko‘rib chiqilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar va masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarni qo‘llash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muhokama yig‘ilishi yakunida boshqarma boshlig‘i viloyatning barcha hududlarida kelgusi 3-chorak davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining manzilli ijrosini taʼminlash, ayniqsa qizil toifali mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, bundan tashqari, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya qilish, bunda o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining masʼuliyatini yana-da oshirish borasida o‘zining bir qator ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi. Berilgan topshiriqlarning ijrosi esa alohida nazoratga olindi.

Text to speech