30 Dekabr 2022 yil 258

Buxoro viloyati IIBda davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida 2022-2023 yillarda ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qaroriga muvofiq hamda Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uzoq muddatli ipoteka kreditlari orqali, davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida investorlarni uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish maqsadida Buxoro viloyati IIB 2022-2023 yillarda ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlash yuzasidan o‘tkazilgan tender g‘oliblari aniqlandi.

Oferentlarning tijorat takliflarini solishtirish va o‘rganib chiqish natijasida mazkur tenderda ishtirok etgan “Amirshoh mohir quruvchi” MCH J g‘olib deb topilganini maʼlum qilamiz.

Mazkur ko‘p qavatli uy-joylarni davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida qurish istagini bildirgan investorlar barcha zaruriy loyiha oldi hujjatlari (APZ, geologiya, ekologiya xulosasi, loyiha smeta hujjatlari, davlat ekspertiza xulosasi, qurilish nazorat inspeksiyasi ruxsati va nazorati, mualliflik nazorati, texnik nazorat)ni rasmiylashtiradi va o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishi belgilangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech