5 Sentyabr 2022 yil 331

Buxoroda “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tayotgan davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi shodiyonalariga ulanib ketgan "Bilimlar kuni" tadbirlarida ichki ishlar organlari xodimlari yo‘llarda harakat xavfsizligi, jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bilan birga, mustaqillik darslarida ham ishtirok etib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi homiyligiga berilgan Buxoro shahridagi 24-sonli “Nurli maskan” ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab internatida oʻtkazilgan tadbirda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev, Soliq boshqarmasi boshligʻi Maqsud Mamatxanov va boshqa mutasaddilar bilan birgalikda ishtirok etdi.

Mas'ullar internat oʻquvchilarini yangi oʻquv yili boshlanganligi munosabati bilan muborakbod etib, maktabning birinchi sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalarini topshirdilar.

Viloyatning barcha hududlarida o‘tkazilgan bugungi "Bilimlar kuni" tadbirlari doirasidagi "Mustaqillik" darslarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining barchasi ishtirok etdi.

Text to speech