29 Noyabr 2022 yil 511

Buxoroda valyuta ayriboshlash bilan bog‘liq yana bir jinoiy faoliyatga chek qo‘yildi.

Buxoro shahar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahar A.Tukay ko‘chasida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan J.Sh. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining qaroriga ko‘ra avval ham valyuta qimmatliklarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, 2022 yil 24 noyabr kuni soat 7:30 larda Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan Buxoro savdo majmuasi oldida boshqa bir fuqaroga har bir AQSH dollarini 10.115 so‘mdan hisoblab 400 AQSH dollarini 4.460.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 177-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech