13 Sentyabr 2021 yil 361

Buxoro shahrida "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 08:00 dan 13 sentyabr kuni soat 08:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Viloyat IIB PPX va JTSB Patrul-post xizmati batalyoni va Buxoro shahar IIO FMB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda shahar mahallalari bo‘ylab "Xavfsiz hudud" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada 40 ta turli huquqbuzarliklar aniqlanib, maqsadsiz yurgan 321 nafar fuqarolar ichki ishlar organlariga olib kelinib, profilaktik ogohlantiruv suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek, 63 ta korxona va tashkilotlarning qorovullik xizmatlari o‘rganilib, qorovullarning xizmat faoliyati yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mahallabay tizim asosida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobda turgan 17 nafar shaxslar tekshirilib, ular bilan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bu kabi profilaktik tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida izchillik bilan olib borilib, Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan tezkor shtab tomonidan kunlik nazorat olib borilmoqda.

Text to speech