19 Mart 2023 yil 389

Buxoro viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev tomonidan Shofirkon tumanida boshqarma boshlig‘ining 2023 yil 7 mart kunidagi ko‘rsatmasi ijrosi hamda “fuqarobay” o‘rganib, aholi murojaatlarining hal etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Dastlab Shofirkon tuman 3-sektorida joylashgan “Temirchi” mahallasi beshligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bunda masʼullar tomonidan yo‘l quyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda xududdagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatini shakllantirib, ular bilan manzilli ishlarni tashkil qilish, jinoyat va xuquqbuzarliklarga moyil shaxslarni ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish, maʼmuriy xududda zamonaviy vidiokuzatuv moslamalari bilan jixozlash maqsadida xududdagi vidiokuzatuv moslamalarini taftishdan o‘tkazib, mahallaning kirish va chiqish yo‘laklarida zamonoviy vidiokameralar o‘rnatish kabi topshiriqlarni berdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari “Temirchi” mahallasida “fuqarobay” tizimi asosida aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning muammolarini tingladi, aholi kayfiyatini o‘rgandi.

Uyma-uy yurish asosida mahallaning obodonchiligi, daraxtlarning oqlanganlik holati hamda ekin yerlarda poliz mahsulotlarning ekilganligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ishga joylashish, kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalarda murojaatlar eshitilib, masʼul hodimlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganish davomida “Temirchi” mahallasida yashovchi Azamat Asadovning gaz balon olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati joyida soha mutaxassislarini jalb qilgan holda ijobiy hal qilindi.

Text to speech