20 Sentyabr 2022 yil 330

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi IIV Buxoro Akademik litseyi oʻquvchilari uchun mahorat darsi oʻtdi.

Ichki ishlar vazirligining idoraviy Akademik litseylari oʻkuvchilarida ichki ishlar organlari xizmatiga qiziqishni yanada oshirish hamda ularda vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash maqsadida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari, tuman (shahar) IIB boshliqlari tomonidan “ochiq muloqot” shaklidagi mahorat darslarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi reja dasturi qabul qilingan.

Mana shu reja asosida bugun 20 sentabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Oʻzbekiston Respublikasi IIV Buxoro akademik litseyi oʻquvchilari bilan mashgʻulot oʻtkazdi.

Ochiq muloqot shaklidagi mahorat darsida boshqarma boshligʻi dastlab davlatimiz rahbari tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtdi.  Shundan soʻng oʻzining ichki ishlar sohasiga kirib kelishidan hozirgi kunga qadar bosib oʻtgan faoliyatidagi esda qolarli voqealar toʻgʻrisida toʻxtalib, bugungi kunda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mohiyati haqida soʻzlab berdi.

Boshqarma boshligʻi yoshlarga, ichki ishlar organlari uchun vatanparvar, yuksak maʼnaviyatli, ruhan tetik, jismoniy sogʻlom nomzodlarni  tayyorlash davr talabi eyeanligini aytib oʻtib, kelgusida oʻz faoliyatini shu sohada koʻradigan yoshlarni mana shunday fazilatlarga ega boʻlishlari uchun tinimsiz bilim olib, harakat qilishga undadi.

Text to speech