14 Yanvar 2022 yil 409

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” hamda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining o‘ttiz yilligi" munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga bayram tabrigi

Bugungi qutlug‘ sana – “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan barcha shaxsiy tarkib va faxriylarimizni samimiy muborakbod etaman.

Har qanday davlatning kuch – qudrati uning armiyasi bilan baholanadi.

Zotan, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu g‘oya asosida, Milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yana-da yuksaltirish va uni ixcham, tezkor tuzilmaga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bugun hech kimga sir emas.

Haqiqatdan ham so‘nggi yillarda O‘zbekiston Milliy armiyasi jadal rivojlanmoqda, uning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi izchil oshib bormoqda, mamlakatimizning mudofaa qudrati mustahkamlanmoqda, fuqarolarimizning tinch osoyishta hayoti taʼminlanmoqda. Xalqimiz g‘oyat masʼuliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli vatan himoyachilari bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Shu bois bugun oldimizga qo‘yilgan vazifalarni yuksak darajada bajarishimiz uchun har bir ichki ishlar organi xodimi va harbiy xizmatchisi fidoyilik, vatanparvarlik bilan bor kuch va g‘ayratini safarbar etishi lozim.

Qadrli hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik,

baxt-saodat, uzoq-umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Yurtimizda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Hamisha yurtimiz tinch, osmonomiz musaffo bo‘lsin!

Text to speech