8 Oktyabr 2021 yil 334

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati Jondor tumani Nurafshon mahallasida sayyor qabul hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” ni o‘tkazdi.

Bugun, 8 oktyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining rejada belgilangan navbatdagi sayyor qabuli hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Jondor tumani Nurafshon mahallasida tashkil etildi.

Bunda, Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Boltayev, tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi, qator mutasaddi rahbarlar va masʼullar ishtirok etib, ushbu mahalla aholisining murojaatlari hamda “Yoshlar daftari” ga kirgan yoshlarning muammolarini o‘rgandilar.

Tashkillashtirilgan qabul davomida 100 dan ortiq mahalla fuqarolari hamda yoshlarning turli masalalardagi 30 ga yaqin murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqilib, murojaatlarning joyida bartaraf etilishiga alohida ahamiyat qaratildi.

Qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar tegishli davlat idoralariga yo‘naltirilib, murojaatlar yechimi yuzasidan tizimli chora-tadbirlar belgilangan holda Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat 3-sektor ishchi guruhining alohida nazoratiga olindi.

"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" doirasidagi yoshlar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda yooshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bu borada bugungi kunda mamlakatimizda yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozli kredit mablag‘larini olish, yoshlarni kasbga o‘qitish borasidagi shart-sharoitlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Text to speech