19 Avgust 2021 yil 319

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusi yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general leytenant Po‘lat Bobojonov raisligida o‘tkazilgan vazirlik Hayʼat yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat olib boruvchi barcha shaxsiy tarkib xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusi yuzasidan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida shaxsiy tarkib eʼtiboriga muhtaram yurtboshimiz tomonidan birinchi navbatda ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan har qanday xalq, har qanday millat og‘ir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishi to‘g‘risida taʼkidlanganligi, davlatchiligimiz tarixi, mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, millatparvar bobolarimiz, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-maʼrifat va milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini bayroq qilib kurash maydoniga mardona chiqqan “jadidchilik” namoyondalari to‘g‘risidagi gaplari xodimlar eʼtiboriga yetkazildi.

Prezidentimiz tomonidan aytilgan bugungi kunda “Yangi O‘zbekiston” ning barpo etilishi borasidagi saʼy-harakatlar, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini taʼminlaydigan eng muhim mezonlar ham birma bir tushuntirib berildi.

Bundan tashqari xodimlarga muhtaram Prezidentimiz tomonidan intervyu jarayonida taʼkidlab o‘tilgan mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida oldimizda turgan eng ustuvor vazifalar yetkazilib, bugun sohada xizmat olib borayotgan har bir xodim o‘z qalbi va shuurida ushbu vazifalarni jo etishi va “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etishda dasturulamal qilib olishi taʼkidlab o‘tildi.

Turli munozaralarga boy bo‘lgan o‘quv mashg‘ulotida mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassis xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Text to speech