26 Noyabr 2021 yil 245

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahallalar hududida sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan jinoyatlar tahlili va kelgusida jinoyatchilikka imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida videoselektor tarzida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

2021 yil 26 noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Boltayev huzurida, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bevosita mahallalar hududida sodir etilgan jinoyatlarning tahlili va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida idoralararo hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Davlat Soliq qo‘mitasining 2021 yil 30 mart kunidagi qo‘shma qarorlari asosida mahallalar hududida sodir etilgan jinoyatlar uch turga bo‘lingan holda tahlil qilinib, ushbu tahlillar asosida viloyatdagi 544 ta mahallalar jinoyat sodir etilmagan 230 tasi yashil toifaga, jinoyat soni kamaygan va barqaror bo‘lgan 197 tasi sariq toifaga hamda jinoyat soni oshgan 117 tasi qizil toifaga ajratildi.

Muhokama yig‘ilishida ushbu qo‘shma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tuman (shahar) sektor rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari hamda viloyat IIBning 2021 yil 22 noyabr kunidagi farmoyishiga asosan viloyat IIBdan biriktirilgan masʼul rahbarlarga hududdagi “jinoyat o‘choq” larini bartaraf etish maqsadida, har kuni kamida 2 soat vaqtini mahallada o‘tkazib, jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini aniqlashga hamda ularni bartaraf etishga sarflashi, jinoyat oshgan mahallalarda jinoyatga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish maqsadida tegishli profilaktik ishlarni olib borib, qilingan ishlarni ommaviy axborot vositalari, targ‘ibot-tashviqot bannerlar orqali yoritib borish, manzilli ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech