26 Avgust 2022 yil 212

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Bugun, joriy yilning 26 avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida viloyat IIB JXX JTSB, HPB, Yuridik taʼminlash bo‘limi boshliqlari, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda barcha-tuman (shahar) IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari-JXX boshliqlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 924-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunining loyihasi muhokama qilinib, mazkur sohaga taalluqli masʼullarning fikr va takliflari o‘rtaga tashlandi.

Videokonferensiya tizimi orqali o‘tkazilgan muhokama uchrashuvida shahar tumanlar masʼullarining ham takliflari o‘rganildi.

Text to speech