12 May 2022 yil 240

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 12-may kuni IIB da boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi, JXX apparati xodimlari, tuman sektor rahbarlari va mahallalarga biriktirilgan mas'ullar ishtirokida videoselektor tarzida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat hududidagi jinoyatchilik ko‘rsatgichlari oshgan qizil toifadagi mahallalarga biriktirilgan masʼullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi borasidagi vazifalar birma-bir ko‘rib chiqildi.

Bunda, har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman (shahar) larga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, shahar va tumanlar sektor rahbarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech