13 Yanvar 2022 yil 72

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 2 yanvardagi ko‘rsatmasi talablari asosida joriy yilning birinchi o‘n kunligida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida, jamoat joylarida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan 68 nafar shaxs viloyat Narkologiya dispanseri shifokorlari ko‘rigidan o‘tkazildi va 8 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolash maqsadida dispanserga joylashtirildi.

Profilaktik hisobda va maʼmuriy nazoratda turgan 172 nafar fuqarolarning tungi vaqtlarda yashash manzillarida ekanligi tekshirilib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Ko‘cha va jamoat joylarida fuqarolarning karantin talablariga rioya qilishlari borasida targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borilib, yuz niqoblari tarqatilishi yo‘lga qo‘yildi.

O‘tkazilgan TIG‘ tadbirlari davomida 2 ta pichoq va 4 ta o‘tkir tig‘li jism aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Xodimlarning dislokatsion xaritasi asosida, yo‘nalishdagi korxona va tashkilotlarida qorovulliklarning qanday tashkillashtirilganligi tekshirilib, qorovullar xizmat faoliyati o‘rganildi.

Tadbir boshidan o‘rganilgan 512 ta korxona va tashkilotlar qorovullarining xizmat faoliyati davomida aniqlangan 123 ta kamchiliklar yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnomalar kiritildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech