30 Iyun 2022 yil 334

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Qorovulbozor tumanida o‘tkazildi

Tasdiqlangan grafik asosida viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan bugun, 30 iyun kuni Qorovulbozor tumani “Imom Buxoriy” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning turli masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari viloyat 3-sektor aʼzolari, viloyat hamda tuman mutasaddi idoralari, tuman sektor rahbarlari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning ijobiy hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish uchun ijroga olingan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi va ijrosi alohida nazoratiga olindi.

 

Text to speech