6 Yanvar 2023 yil 4070

Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining profilaktika inspektori hamda voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari bo‘yicha mavjud bo‘sh bo‘lgan lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi

ESLATMA: Tanlovda oliy maʼlumotli psixologiya (faolyait turlari  bo‘yicha), pedagogika va psixologiya, sotsiologiya va psixologiya taʼlim sohasining psixologiya taʼlim yo‘nalishi, yuridik hamda tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) hamda milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha  oliy maʼlumotga ega bo‘lgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, (tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisligi psixologiya yo‘nalishida tamomlagan nomzodlar 35 yoshdan katta bo‘lmagan)  bo‘yi 165 smdan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

  • biometrik pasport yoki ID-kartasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;
  • oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;
  • harbiy guvohnoma asl nusxasi;
  • 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurʼat (bosh kiyimsiz);
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2023 yilning 9-16 yanvar kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

2023 yilning 9-16 yanvar kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-06

Telegramm kanali: BUXORO IIB – dan axborot olib borishingiz mumkin

Text to speech