13 Oktyabr 2021 yil 354

Buxoro viloyatida “Keksalar haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.

“Keksalar haftaligi” tadbirlari doirasida Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi malakali mutaxassislari tomonidan qamrovga olingan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faxriylari va ularning oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik davomida jami 56 nafar nafaqaxo‘rlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 38 nafariga statsionar sharoitda davolanish va 18 nafariga ambulator sharoitda davo muolajalarini olish tavsiya etildi. Tadbir davomida 21 nafar nafaqaxo‘r statsionar davolanishga yotqizildi.

Shuningdek, Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro va Kogon tumanlariga chiqib og‘ir bemorlar, xizmat vaqtida tan jarohati olib yoki sog‘ligi tufayli nogiron bo‘lib qolgan 14 nafar I va II guruh nogironlari holidan xabar olindi, ularga kerakli tavsiyalar berilib 13 turdagi dori darmonlar va o‘zi yura olmaydigan hamda yurishga qiynaladigan ikki nafar nafaqaxo‘rlarga nogironlik aravachasi va qo‘ltiqtayoqlar topshirildi.

O‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jarayonida funksional diagnostika tekshiruvlari, jumladan, UTT, EKG, rentgenoskopiya va laborator tekshiruvlari ham o‘tkazildi.

Buxoro viloyat IIB tibbiyot bo‘limi tomonidan biriktirilgan kontingentga tibbiy xizmat ko‘rsatish izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Text to speech