18 Oktyabr 2021 yil 224

Buxoroda “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” va haftaning har payshanba kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli davlat unitar korxonasining 1-yuk xiyoboni (qabul qilish xiyoboni) va 2-yuk xiyoboni (saralash xiyoboni)da temir yo‘l izini taʼmirlash ishlariga jalb qilingan Buxoro 10-sonli temir yo‘l masofasiga qarashli 5 va 6-sonli tarmoq xodimlari bilan ish jarayonida temir yo‘llarda xavfsizlikni hamda yuklarning bust-butunligini taʼminlash, turli baxtsiz va noxush holatlarni oldini olish, yuk xiyobonlariga begona shaxslarning kirib kelishini oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida tezyurar “Afrosiyob” poyezdi harakatlanadigan temir yo‘l yo‘nalishida xizmatga jalb qilingan Buxoro harbiylashtirilgan o‘t-o‘chirish va o‘qchilik otryadi xodimlari bilan ham temir yo‘llarda turli baxtsiz hodisalarni oldini olish, xizmatni doimiy sergak va hushyor tarzda o‘tash, qo‘riqlanadigan hududga begona shaxslar, chorva hamda uy hayvonlarining qo‘riqlanadigan hududlarga kirib kelishini oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Buxoro-Xo‘jadavlat temir yo‘l yo‘nalishidagi Qorako‘l, Olot, Xo‘jadavlat temir yo‘l bekatlarida va unga qarashli oraliq masofalarga yaqin joylashgan Qorako‘l tumani 6-sonli umumtaʼlim maktabida, Olot tumani 1, 6, 8, 11, 25, 28, 32-sonli hamda Jondor tumanidagi 38 va 46-sonli umumtaʼlim maktablarida “Davomat”, “Tig‘” keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazilib, tadbirning mohiyati, noxush holatlarni oldini olish borasida o‘quvchi yoshlar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Qorako‘l tumanidagi temir yo‘l yaqinida joylashgan Do‘stlik mahallasida temir yo‘l tizimida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla faollari ko‘cha vakillari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Buxoro-Misken temir yo‘l yo‘nalishining 43-razyezd-Yangiobod temir yo‘l bekatlari oralig‘ining temir yo‘l yaqinida joylashgan Buxoro tumani Kulonxona, Shergiron, Yangiobod, Podshohi mahallalarida va Jondor tumani Qazoqon hamda Dalmunobod mahallalarida ham profilaktik tadbirlar olib borilib, keng qamrovli tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Boshqarma xizmat ko‘rsatish hududida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech