27 Iyul 2022 yil 3345

Diqqat, Eʼlon! Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarida (Post-patrul xizmatida) bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 170 sm.dan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar va bo‘yi 165 sm. kam bo‘lmagan ayol nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.

biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;

tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;

oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;

o‘rta-maxsus maʼlumotni tasdiqlovchi xujjat (diplom ilovasi bilan xamda sirtqi taʼlimda tahsil olayotganligi to‘g‘risida o‘qish joyidan maʼlumotnoma)

harbiy guvohnoma asl nusxasi;

doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 30-iyuldan - 6-avgust kuniga qadar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

2022-yilning 30-iyul kunidan oldin yoki 6-avgust kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-07

BUXORO IIBrasmiy sahifalaridan axborot olib borishingiz mumkin

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech