13 Sentyabr 2021 yil 592

Firibgarlik qilgan “Qorako‘l” tashqi iqtisodiy faoliyati bojxona posti masʼul xodimi qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2021 yil 11 sentyabr kuni taxminan soat 21:10 larda Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Shafran” kafesi oldida, “Qorako‘l” tashqi iqtisodiy faoliyati bojxona postining Bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvi guruhi katta inspektori xizmat mavqeyidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiisteʼmol qilib, bojxona postida ishlovchi yuqori lavozimdagi tanishlari orqali uning Turkmaniston Respublikasi hududidan keladigan yuk vagonlarini kompleksda turmagan deb ko‘rsatib, kunlik omborxona to‘lovlari to‘lanmaydigan holda deklaratsiya rasmiylashtirib berish evaziga undan talab qilgan 400 AQSH dollarini o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lasetti” avtomashinasi salonida olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech