26 Noyabr 2021 yil 339

G‘IJDUVON TUMANIDA MAXSUS TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI.

Joriy yilning 24-26 noyabr kunlari Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda hamkorlikdagi kuchga ega tuzilmalar bilan birgalikda G‘ijduvon tumani aholi yashash punktlari xavfsizligini taʼminlash rejasi bo‘yicha kompleks maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Uch kun davomida, uch bosqichda bo‘lib o‘tgan o‘quv mashqlari davomida tuman atrofini to‘liq o‘rab oluvchi blok-postlar tashkil etish yo‘li bilan xavfsizlikni taʼminlash, ommaviy tartibbuzarliklarni bartaraf etish, noqonuniy qurollangan shartli jinoyatchilarni zararsizlantirish va qo‘lga olish, portlovchi moddalarni zararsizlantirish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha jangovar harakatlar amalga oshirildi.

O‘tkazilgan Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti davomida yuklatilgan vazifalar amalga oshirilib, G‘ijduvon tuman Ichki ishlar boshqarmasi hamda hamkorlikdagi idora va tashkilotlar boshqaruv organlari o‘zlarini yuqori jangovar shaylikka ega ekanliklarini namoyish etdilar.

Text to speech