11 Yanvar 2022 yil 576

G‘ijduvon tumanida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatini maktab o‘quvchisi sodir qilgan.

G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilning 9 noyabr kunidan 12 noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, G‘ijduvon tumani Sharq mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan R.Sh. ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bir dona bahosi 3.000.000 so‘mlik “Gergules” rusumli velosipedini, bir dona bahosi 1.000.000 so‘mlik yuk tashishga mo‘ljallangan aravasini hamda har birining bahosi 200.000 so‘mlik uch dona temir bochkalarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 4.600.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, jabrlanuvchining mahalladoshi 2007 yilda tug‘ilgan 8-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan A.A. sodir qilganligi fosh etilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech