4 Fevral 2023 yil 407

Jamoatchilik nazoratining mustahkamlanishi ichki ishlar tizimining xalqqa yana-da yaqinlashishiga zamin hozirladi

«Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng asosiysi, bugungi islohotlar bosh maqsadi bo‘lgan — inson qadrini qaror toptirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganining yana bir amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

Qarorning muhim jihatlaridan yana biri shuki, endi ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi yaratiladi.

Shu maqsadda, Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi soha olimlari, faxriylari va jurnalistlardan iborat maslahat-kengash organi, yaʼni jamoatchilik kengashlari tuziladi.

Qaror bilan kengashlarning ham vazifalari aniq belgilab berildi.

Umuman, qaror bilan tanishib chiqqan har qanday odam Prezidentimiz boshchiligida xalq manfaatlarini ko‘zlab ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar bundan keyin ham to‘xtab qolmasligini anglashi tayin. Chunki, qarorda belgilangan vazifalar buni yaqqol isbotlab turibdi.

Shuxrat Jalolov

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i

podpolkovnik

Text to speech