10 May 2022 yil 403

Jinoyatlarning navbatdagi mahallabay muhokamasi viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanida o‘tkazildi

Bugun, 10-may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda Shofirkon tumani hokimi va boshqa mutasaddilar 3-sektorga qarashli ushbu tumanining “Tezguzar” mahallasida sodir etilgan jinoyatlarni, shu jumladan o‘ta og‘ir jinoyatni ushbu mahallaning o‘zida qishloq va ko‘cha vakillari, faollar va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qildi.

Aytish joizki, mazkur mahallada o‘tgan 2021 yil davomida jami 7 ta, shundan 3 ta o‘g‘irlik, 1 tadan firibgarlik, tan jarohati yetkazish, YTX va voyaga yetmaganni jinoyatga jalb qilish jinoyatlari sodir etilgan bo‘lib, yil yakuni bilan sariq MFY toifasiga kirgan.

Joriy yilda ham mazkur mahalla jinoyatlar ko‘p sodir etilgan hudud sifatida baholanmoqda. Xususan hozirgi kunga qadar 2 ta, shundan 1 tadan YTX va qotillik jinoyatlari sodir etilgan.

Shundan kelib chiqib boshqarma boshlig‘i masʼullar ishtirokida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, shuningdek, mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganib, ushbu mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan profilaktik tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan hisobotlarini tingladilar.

Jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.

Muhokamada mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, ichki ishlar bo‘limi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ushbu mahalla va tumanning qolgan barcha mahallalarida, qolaversa viloyatning barcha hududlari va mehnat jamoalarida jinoyatlar va ularning oqibatlarini taʼsirchan muhokama qilish, kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari bugungi kunda ko‘plab sodir etilayotgan yo‘l transport hodisalari, firibgarlik va kiber jinoyatchilik xususida ham so‘z yuritilib, aholining huquqiy savodxonligi va haydovchilik madaniyatini oshirish, aholi o‘rtasida bu turdagi jinoyatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish, ushbu turdagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.

Text to speech