21 Mart 2023 yil 299

Ko‘cha bezorilari endi qonun oldida javob beradi

2023 yil 16 mart kuni soat 11:00 larda Buxoro shahar “Piridastgir” ko‘chasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.Sh. ukasi Sh.A. va tanishi Ch.F. lar bilan bir guruh bo‘lib, Buxoro shahar Navoiyshox ko‘chasida joylashgan “777” nomli avtomashinalarni yuvish shaxobchasida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan Buxoro shahar “Navoiyshoh” ko‘chasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan H.N. bilan janjallashib, janjal paytida unga tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech