30 May 2023 yil 437

Kogon shahrida “soxta soliqchi” fosh etildi

Buxoro viloyati huquq tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Vobkent tumani “Charmgaron” mahallasida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan B.S. ismli shaxs “Sabina Samira chorvasi” oilaviy korxonasi rahbari fuqaro T.A. ni aldab, unga o‘zini Kogon shahar DSI xodimi deya tanishtirib, korxonaga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi tomonidan xarid cheki berilmaganligi haqida soliq idorasiga murojaat tushganligini va ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berish evaziga 1.000.000 so‘m talab qilib, 2023-yil 26-may kuni Kogon shahar DSI binosi yonida Т.A. dan talab qilingan pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech