30 Avgust 2022 yil 376

Mukofot muborak

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!”: Bu yil Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga koʻra, bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.

Jumladan, viloyatimizdan ham 15 nafar faollar davlatimizning ana shunday yuksak mukofotlariga sazovor boʻldi. Shuningdek, 29 nafar tashabbuskor fuqarolar , davlat va jamoatchilik tuzilmalari vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi qaroriga asosan taʼsis etilgan “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoniga munosib ko’rildi. 

Bugun, 30-avgust kuni viloyat hokimligida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, barcha sohalarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, koʻp yillik samarali mehnati, jamiyat farovonligini oshirishga munosib hissa qo’shgan yurtdoshlarimizga davlat mukofotlari va koʻkrak nishonlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shular orasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi podpolkovnik Qodirov Zokir Qo‘ziyevich — “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. 

Shuningdek Gʻijduvon tumani IIB XPB 3-sonli IIB  profilaktika katta inspektori kapitan Bozorov Feruzjon Nuriddinovich “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Text to speech