21 Sentyabr 2021 yil 352

Murojaat va yechim

Bugun, tasdiqlangan grafik asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Vobkent tumani “Xayrxush” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabul davomida ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam ajratish, voyaga yetmagan farzandiga nafaqa tayinlanishida yordam berish, ichimlik suvi, tabiiy gaz bosimini oshirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Bunda asosiy eʼtibor murojaatlarning shu yerning oʻzida hal etilishiga qaratildi.

Qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi va alohida nazoratga olinib, viloyat va tuman mutasaddi idoralariga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech