14 Avgust 2021 yil 513

Nazoratsiz va qarovsiz qolib Buxoro viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelingan bolalarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi” xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, Voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida qator manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda:

Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining tashabbusi bilan, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida vaqtinchalik saqlanayotgan, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning nazoratisiz qolgan Voyaga yetmaganlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida, ularni kitobga oshno qilish, Markaz ixtiyoridagi kutubxona fondida mavjud badiiy va tarixiy kitoblarni mutolaa qilish orqali kitobxonlikni rivojlantirish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi.

Shuningdek, ularni ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida turli sport o‘yinlari ham tashkillashtirilmoqda.

Bundan tashqari, mazkur toifa Voyaga yetmaganlarni shahrimizning tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishtirish, ajdodlarimiz, tarixiy qahramonlarimiz haqidagi bilimlarini yana-da boyitish, vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini shakllantirish maqsadida joriy yilning 14 avgust kuni sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida ular “Ark” qo‘rg‘oni, Mang‘itlar sulolasining 3-avlodiga mansub “Saroyi –bog‘” yaʼni “Sitorayi-Mohixosa” va “Somoniylar” maqbarasiga olib borildi.

Voyaga yetmaganlarga qadim Buxoroning tarixiy shaxslari, madaniyati va aholisining turmush tarzi to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, sayohatning mazmunli va esda qolarli bo‘lishi uchun “Somoniylar” istirohat bog‘ining atraksioni va suv havzasida sayr qilishlari ham tashkil qilinib, ularning maroqli dam olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratib berildi.

Text to speech