21 Mart 2023 yil 1051

OIV infeksiyasi tashuvchisi bo‘lgan Andijonlik yengil tabiatli ayol Buxoroda bir nechta fuqarolarning hayotini xavf ostida qoldirdi.

Andijon viloyati Marhamat tumanida doimiy ro‘yxatda turib, Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida vaqtincha ijarada yashab kelgan, 2002 yilda tug‘ilgan Q.S. ismli ayol 2018 yil 18 may kunidan Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish Markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, unga boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tegishli tartibda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2023 yil 12 mart kunidan 2023 yil 13 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Romitan tumani hududida joylashgan cho‘l zonasida Romitan tumanida yashovchi, 3 nafar fuqarolar bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.

Hozirgi kunda ushbu ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ushbu ayolning yana qayerda, kimlar bilan yaqin munosabatlarga kirishganligi, qabohat urug‘ini qasddan yana kimlarga yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech