30 May 2023 yil 171

Peshku tumanida 3-sektor mahalla mas’ullari ishtirokida yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirishga doir targʻibot ishlari olib borish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi

Peshku tumanidagi 2-son Kasb-hunar maktabida tuman IIB boshligʻi aholining mavjud muammolarini joyida hal etish yuzasidan hududdagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokida seminar-trening tashkil etdi.

Bunda, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, aholini ish bilan ta’minlash hamda aholini kasb-hunarga oʻqitish ishlarining samaradorligini yanada oshirish soʻz yuritildi.

Shuningdek, xonadonida tikuvchilik, kashtachilik, umum qurilish va santexnik, sartaroshlik, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari sektor hudidagi ishsiz aholini kasb-hunarga oʻqitib, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgani aytib oʻtildi

Yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligi hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni intellektual jihatdan kamol topishi va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash asosiy vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Text to speech