16 Sentyabr 2022 yil 429

Profilaktik targ‘ibot: Qo‘shnichilik odobi — hurmat-izzat, o‘zaro ehtirom sharti!

Baʼzida qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida ayrim ko‘ngilni xira qiluvchi holatlar ro‘y berayotgani qulog‘imizga chalinib qoladi. Aslida qo‘shnilar bilan chiroyli va samimiy munosabatda bo‘lish, holidan xabar olish, ularning xursandchilik va mushkulida sherik bo‘lib, suyanchiq bo‘lish kabi qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish ushbu munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Baʼzan tushunmovchilik orqali qo‘shnilar o‘rtasiga xafachiliklar sodir bo‘lib, odatda, bu kabi holatlar ko‘proq ularning yosh bolalari o‘rtasida yuzaga keladi. Shunday paytda, ota-onalar o‘z farzandlarini odobga chaqirib, o‘zaro hurmat-izzatni saqlasalar ayni muddao bo‘ladi.

Jumladan,15 sentyabr kuni Buxoro shahar “Ahmad Donish” mahallasida joylashgan ehtiyojmand oilalarga mo‘ljallangan Ijtimoiy yotoqxonada viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Dilfuza Sharopova hamda Buxoro shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i boshchiligida shahar IIO FMB va mahalla masʼullari, din ishlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Bunda, qo‘shnichilik tushunchasi xalqimizning hayotida mustahkam o‘rnashib, bu borada ko‘plarga ibrat bo‘lib kelayotgani ayniqsa, mahallalarimizda qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro maslahatlashish va yordamlashish urf-odatlarimizga aylanib ketgani bir qator misollar orqali batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish borasida ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Text to speech