22 Yanvar 2023 yil 190

Qish mavsumini betalafot o‘tkazish zarur! Bu borada aniq va kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rish lozim! Sovuq kunlarda bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda sifati qanday? Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi qay darajada? Viloyat 3-sektor rahbarining hududlar bo‘ylab o‘rganishlari davom etmoqda

Bugun, 22 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda DSB boshlig‘i Maqsud Mamatxanovlar qishning sovuq kunlarida aholi salomatligini taʼminlash, ularga sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, taʼlim muassasalarining anʼanaviy o‘qitish faoliyatiga o‘tishi munosabati bilan tayyorgarlik darajasini yaqindan o‘rgandilar.

Dastlab masʼullar Buxoro tumani, shuningdek viloyat 3-sektoriga qarashli Vobkent hamda G‘ijduvon tumanlari dehqon bozorlarida bo‘lishdi.

O‘rganishlarlar davomida mazkur tumanlar hokimlari va sektor rahbarlari, shuningdek, tegishli mutasaddilar hamrohligida bozorlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini ko‘zdan kechirishdi.

Jarayonda narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish, kundalik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgan omborlarda iliq va salqin haroratni bir maromda saqlash borasida masʼullarga o‘zlarining tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlarini berdilar.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyatida barcha taʼlim muassasalari rasman 23 yanvardan anʼanaviy o‘qitish faoliyatini boshlaydi.

Shu munosabat bilan muassasalardagi isitish tizimining holatini o‘rganish maqsadida sektor rahbarlari G‘ijduvon hamda Vobkent tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarida bo‘lishdi.

Havo harorati pasaygan kunlarda o‘quvchilarning sifatli bilim olishi, sog‘-salomat bo‘lishi, taʼlim muassasalarining issiqlik bilan qay darajada taʼminlanganligiga bog‘liqligi taʼkidlandi.

Shunga muvofiq taʼlim muassasalarining isitish tizimi, qozonxonalarning sozligi, oshxona va sinfxonalari ko‘zdan kechirildi. Tabiiy gaz taʼminotini yana-da yaxshilash, yoqilg‘i zaxirasini yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli ishlar boshlab yuborildi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech