3 Fevral 2020 yil 2436

"Qo'lni qo'lga beraylik qizlarjon" forumi o'tkazildi

Buxoro viloyati Kogon shahar hotin-qizlar qo'mitasi va Kogon shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori katta serjant A.Maxmudova tashabbusi bilan "qo'lni qo'lga beraylik qizlarjon" forumi tashkil etildi. Unda FXDYO va oila ilmiy-amaliy markazi mas'ul xodimlari tomonidan erta turmush va uning oqibatlari, oilada er va xotin munosabatlari, ularning majburiyatlari haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, XQMB katta inspektor A.Maxmudova xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy himoya muhtoj ayollarga ko'maklashish bo'yicha to'xtalib, O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 02 sentyabrdagi "xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi (O'RQ-561-son) va "xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi (O'RQ-562-son) qonunlar to'g'risida ishtirokchilarga tushunchalar berdi.

Text to speech