18 Oktyabr 2021 yil 393

“Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri. Jondor tumanida aka-uka “GIYOHFURUSH”lar qo‘lga olindi.

Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida, 2021 yilning 15 oktyabr kuni Jondor tumani Sho‘robod mahallasida yashovchi 1964 yilda tug‘ilgan B.X. ismli muqaddam sudlangan shaxs, o‘zga bir fuqaroga qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert Kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 0,60 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “GASHISH” giyohvandlik moddasini 450.000 so‘mga baholab sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, B.X.ning yashash xonadonida kechiktirib bo‘lmas “tintuv” tergov harakati o‘tkazilganida, uning yashash xonadonidan polietilen paketda “opiy” giyohvandlik moddasining qoldiqlari ham aniqlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davom ettirilib, B.X.ning ukasi muqaddam aynan giyohvandlik moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganligi uchun javobgarlikka tortilgan, Probatsiya xizmatida nazorat ostida turuvchi X.B. ning yonlari ko‘zdan kechirilganda, uning egnidagi kurtkasi chap cho‘ntagidan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 0,07 grammga teng bo‘lgan “GASHISH” giyohvandlik moddasi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech