8 Fevral 2023 yil 342

Qorako‘llik fuqaro Buxoro shahrida avtomashinani o‘g‘irlab olib qochdi

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali avtotransport vositalarini qarovsiz, kaliti o‘zida, eshiklarini ochiq holatda qoldirilganligi oqibatida sodir etilgan jinoyatlar hamda bu turdagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan qator targ‘ibot tadbirlariga qaramasdan fuqarolarning o‘z mol mulkiga beparvo munosabatda bo‘lishlari natijasida avtotransport vositalarini o‘g‘irlab olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilmoqda.

Jumladan, 2023 yilning 5 fevralidan 6 fevraliga o‘tar kechasi soat 01:00 lar atrofida nomaʼlum shaxs mast holda Buxoro shahar Quyixonaxoh ko‘chasida yashovchi ayolga tegishli bo‘lgan «Tiko» rusumli avtomashinani Buxoro shahar M.Burxonov mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan savdo do‘konining oldida eshiklarini ochiq holda ichida kalitini qoldirib ketganidan foydalanib, ushbu transport vositasini o‘g‘irlab olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan "to‘sib ushlash" maxsus tezkor rejasi harakatga keltirilgan.

Hamkorlikda olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari natijasida ushbu avtomashinani olib qochgan shaxs Kogon shahar Xo‘ja bargi mahallasi hududidan o‘tgan A-380 avtomagistralining qatnov qismlarini ajratib turuvchi to‘siqqa urib texnik shikastlantirib, harakatlanmay qolgan avtomashinani shu yerda qoldirib ketgan.

Aniqlanishicha, mazkur jinoyatni Qorako‘l tumani Chandirobod ko‘chasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan J.Sh. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etildi.

Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech