15 Iyul 2022 yil 365

Romitan tumanida mahallalarning 6 oylik jinoyatchilik ko‘rsatgichlari joyida o‘rganildi

Maʼlumki, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning ikkinchi chorak yakunlarini hududlarga chiqqan holda o‘rganib kelmoqda.

Boshqarma boshlig‘i bugun, 15 iyul kuni ham tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari masʼullari hamrohligida Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limining maʼmuriy hududiga kiruvchi mahallalar jumladan, “Tarnaut” hamda “qizil hudud” sanalgan “Afrosiyob” mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi tayanch punktlarida bo‘ldi.

Bunda, xodimlarning kundalik ish faoliyati, 6 oy davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar hisoboti tinglandi.

Jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, hamkorlikda faoliyat olib boruvchi boshqa sohaviy xizmatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik asosida tashkil etilgan patrullik guruhlarning xizmat yo‘nalishlarini kriminogen vaziyatga qarab mahallalar kesimida qayta taqsimlash, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlar, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash borasida manzilli topshiriqlar berdi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech