19 Sentyabr 2021 yil 87

Saylov qonunchiligi boʻyicha Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida seminar trening oʻtkazildi.

Joriy yilda mamlakatimiz va Xalqimiz hayotida katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu muhim siyosiy kampaniyada siyosiy partiyalar va OAV, fuqarolarning faolligi saylovlarni umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora o‘tkazilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Aytish joizki, Markaziy saylov komissiyasi ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilib, saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalariga doimo katta eʼtibor qaratib keladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasiga asosan bugun Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yosh xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.  

Ushbu seminar- treningda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan  20 dan ziyod yosh xodimlar ishtirok etishdi.

Trening davomida saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, saylov jarayonlarida  ichki ishlar organlari xodimlarining huquq va majburiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi davrida nomzodlar tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi kabi mavzularda maʼruzalar qilindi.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech