26 May 2023 yil 265

Savdo majmuasidan uyali aloqa telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan voyaga yetmagan shaxs ushlandi

2023 yil 16 may kuni soat 13:35 larda nomaʼlum shaxs Buxoro shahar Hamza ko‘chasida joylashgan savdo majmuasidagi Romitan tumani “Mirishkor” mahallasida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan uyali aloqa telefonlar sotiladigan 52-sonli savdo do‘koniga xaridor sifatida kirib, u yerdan bahosi 1.750.000 so‘mlik “Iphone-8” rusumli uyali aloqa telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumanida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan H.A. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu voyaga yetmagan shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech