30 Iyun 2022 yil 397

Sharafli kasb egalari munosib rag‘batlantirildi

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida tunu kun xizmat qilayotgan tinchlik posbonlari hududlarda osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida samarali faolyait yuritmoqda.

Jumladan, bu borada G‘ijduvon tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida eʼtirofga loyiqdir. Shu bois, IIVning tegishli farmoyishi asosida “Temir intizom va halollik – muvoffaqiyat kaliti” shiori ostidagi “Intizom oyligi” doirasida tuman hokimligida profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman hokimi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi JXX XPB boshlig‘i, Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, tuman IIB rahbarlari hamda xodimlarning ota-onalari qatnashdilar.

Bunda, hududning namunali deb topilgan mahallalarida samarali xizmat qilib kelayotgan 40 nafar ichki ishlar organlari xodimlari munosib rag‘batlantirilib, ularning ota-onalariga minnatdorlik bildirildi.

Text to speech