16 Oktyabr 2021 yil 149

Shofirkon tumanida bahosi 30.000 AQSH dollar bo‘lgan yer tekislovchi texnikaning xotira qurilmasi o‘g‘irligi jinoyati fosh etildi.

Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilning 6 oktyabr kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Shofirkon tumani Tezguzar mahallasida faoliyat olib boruvchi avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustaxona yonida qarovsiz qoldirilgan shu mahallada yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Ya.M. tomonidan “ishonchnoma” asosida boshqarib kelinayotgan VAZ-2106 rusumli avtomashinaning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan bahosi 30.000 AQSH dollar, O‘zbekiston Respublikasi so‘miga nisbatan qiymati 320.641.800 so‘mga teng bo‘lgan yer tekislovchi traktor texnikasining xotira qurilmasini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida tuman Ichki ishlar bo‘limi tergov-tezkor guruhi tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Tezguzar mahallasida istiqomat qiluvchi, jabrlanuvchining hamqishlog‘i 1971 yilda tug‘ilgan M.N. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi M.N.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech