18 May 2022 yil 267

Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 17-may kuni Buxoro Davlat Universitetida talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish mavzusida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Huquqbuzarliklar profilatikasi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Azimjon Sultanov ishtirok etib, so‘nggi vaqtlarda viloyat hududida yoshlar ayniqsa talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, shuningdek yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimi Halim Kamolov tomonidan talaba yoshlar orasida turli yot g‘oyalarga tushib qolmaslik borasida tushuntirish ishlari olib borilib, “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbir yakunida oliy taʼlim muassasalarida o‘tkazilgan profilatik tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalar va “Jasorat” patrul guruhi aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining esdalik sovg‘alari, badiiy kitoblar to‘plamlari topshirildi.

Text to speech