20 Iyul 2022 yil 359

Buxoro: Topshiriqlar ijrosi yuzasidan amaliy choralar qo‘rilmoqda

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, hududlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, ishsizlikni kamaytirish, oila-turmush munosabatlari doirasida yuzaga kelayotgan muammolarni tartibga solish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli ishlarni olib borish barobarida ichki ishlar organlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan, xalq orasida obroʻ-eʼtiborli va hurmatga ega bo‘lgan faxriylar tajribasini tizim xodimlari orasida targ‘ib qilish maqsadida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahar IIO FMB da viloyat IIB MMI va KBTX rahbariyati, IIV SHXBB Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari, viloyat IIB boshlig‘ining maslahatchisi, viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, joylardagi rahbarlar hamda faxriylar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Bunda, ichki ishlar xodimlari bilan profilaktik-targ‘ibot ishlari olib borilib, faxriylar o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi. “Qizil hudud” toifasiga kiruvchi mahallalarga ichki ishlar organlarida namunali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan, halq orasida obroʻ-eʼtiborli va hurmatga ega bo‘lgan faxriylar biriktirilib, profilaktika inspektorlari bilan muntazam hamkorlik ishlari belgilandi.

Shu bilan birga, davra suhbatida bir necha xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirildi.

Text to speech